NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Chernogoriyani Shimoliy Atlantika alyansiga taklif qilishni tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua” NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga tayanib.
“Biz Chernogoriyani tabriklaymiz. Bu juda chiroyli alyans ibtidosidir”, — dedi u Bryusseldagi uchrashuvda.
Alyans qoidalariga ko‘ra, Chernogoriya NATOning 29-a’zosiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Mamlakatning alyansga qo‘shilish jarayoni 1,5 yilda yakunlanadi.
Izoh (0)