Misrda halokatga uchragan A321 reysi qurbonlarining qarindoshlari aviahalokatdan keyin bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, halok bo‘lganlarning jasadlari dafn etilishi uchun berilmayotganligi sababini tushuntirishni so‘rab, Rossiya Tergov qo‘mitasiga murojaatnoma tayyorlashayapti. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
30 ga yaqin oila o‘z yaqinlarining jasadlarini ololmayapti.
“Hozirda jasadlarni berishni so‘rab Tergov qo‘mitasiga murojaat qilinadi, chunki buning sabablari tushunarsiz. DNK ekspertizasi o‘tkazilayotganligi haqida fikr bor, lekin u tez o‘tkaziladi. Agar uni o‘tkazish uchun ma’lumot kerak bo‘lsa, qarindoshlar chaqirtirilishi kerak, biroq ularni hech kim chaqirgani yo‘q va bu harakatsizlikni tushunib bo‘lmaydi”, ― deya ta’kidlaydi halokatga uchragan A321 reysi qurbonlari yaqinlaridan bir qismining manfaatini ximoya qiluvchi advokat Igor Trunov.
Advokatning xabar berishicha, u shu kabi 30 ta holatdan xabardor, lekin shu kabi muammoga duch kelganlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)