Rossiya Suriyada ikkinchi aviabazasini ochib, u yerga qo‘shinlar shaxsiy tarkibini yuborishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ismi oshkor qilinmagan suriyalik aktivistga tayanib, The Times xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Shayrat aviabazasi Suriyaning Xoms shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, u yerga allaqachon Rossiyaning o‘nta harbiy samolyoti va 15 ta vertolyoti, shuningdek, 50—60 nafar harbiylari yuborilgan, ular obyektni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. Gazeta manbasi so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Shayratga bir oycha avval yetib kelgan.
Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada ikkinchi harbiy bazani ochish haqidagi xabarni izohlaganicha yo‘q. O‘tgan hafta Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi 10—12 ta samolyotga ko‘payishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)