Rossiyaning Su-24 bombardimonchisi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng Rossiya bilan munosabatlardagi inqirozni diplomatik usulda tartibga solish zarur, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Parijda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz hurmatli Obama bilan Rossiyaga aloqador vaziyatni muhokama qildik. Turkiya yuzaga kelgan tanglikni hal qilishda diplomatik vositalardan foydalanish tarafdoridir”, — dedi Erdo‘g‘on.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiya bilan aloqalardagi keskinlik darajasini pasaytirishni istaydi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Erdo‘g‘on Rossiyaning Su-24 samolyoti bilan bog‘liq voqea yuzasidan afsus bildirgan edi.
Izoh (0)