Rossiyaning “Lukoyl” OAJ neft kompaniyasi 2015-yil yanvar—sentabrida O‘zbekistonda qazilmalarni qidirib topish va qazib olishga 759 million dollar investitsiya kiritdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekistonda qazilmalarni qidirish va qazib olish uchun kapital xarajatlar o‘tgan yilning shu davriga (549 million dollar) nisbatan 38,25 foizga oshgan.
2015-yilning uchinchi choragida Rossiya kompaniyasining O‘zbekistonga investitsiyalari 263 million dollarni tashkil etdi, taqqoslash uchun, 2014-yilning shu choragida bu ko‘rsatkich 248 million dollarga teng edi.
2004-yildan buyon “Lukoyl” “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda keng qamrovli loyihalarni amalga oshirib, mamlakatdagi eng yirik chet el sarmoyadori o‘rnini saqlab kelmoqda.
Ayni paytda “Lukoyl” O‘zbekistonda uchta loyihani amalga oshirmoqda.
Izoh (0)