Rossiyaning Igarka shahri yaqinida Mi-8 vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida jabrlangan 15 kishidan biri shifoxonada halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” Krasnoyarsk o‘lkasi shifoxonasining matbuot kotibi Irina Kochetkova ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Shifokorlarning barcha urinishlariga qaramasdan, aviahalokatda jabrlanganlardan biri vafot etdi. Sakkiz kishi jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ulardan uch nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Yana olti kishi jarrohlik va travmatologiya bo‘limlarida davolanmoqda”, — dedi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida 10 kishi, shu jumladan, ekipaj a’zolaridan uch nafari halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)