O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Meksikaning Mexiko shahrida davom etayotgan turnirning uchinchi davrasiga chiqdi. 64 nafar tennischi ishtirokini boshlagan ushbu musobaqada Jo‘rabek to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan, deb xabar beradi “Olamsport”.
Jo‘rabek ilk davrada germaniyalik Tim Ruelni 6:2, 4:6, 7:5, ikkinchi bosqichda vengriyalik Akos Kotormanni 6:4, 6:7(5), 6:2 hisobida taslim etdi.
Bugun, 26-noyabr kuni o‘zbekistonlik tennischi chorak final chiptasi uchun musobaqada 15-raqam ostida harakat qilayotgan polshalik Kasper Jukka qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)