Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) superog‘ir vaznda jahon chempioni hisoblangan Ruslan Chagayevga Lukas Braun bilan jang o‘tkazish majburiyatini yukladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, bokschilarning vakillari 30-noyabrgacha jang borasida kelishib olishi kerak. Agar tomonlar bir to‘xtamga kela olmasa, vaziyatga WBA aralashadi.
Ruslan Chagayev 17-oktabrda Fres Okendoga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq, jarohati sababli Okendo Chagayevaga qarshi ringga chiqmadi va jang bekor qilindi.
Chagayev oxirgi jangini 2015-yilning 11-iyulida Franchesko Pyanetaga qarshi o‘tkazib, raqibini birinchi raundda nokautga uchratgandi.
Izoh (0)