“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Rafael Benites qo‘li ostida ishlayotganidan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda ispan nashrlariga tayanib, “Chempionat” xabar qilmoqda.
Portugaliya termasi futbolchisi Benitesning “qaymoqranglilar” uchun munosib mutaxassis ekanligiga ishonmayapti va bu haqda “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga ham ma’lum qildi.“Bu murabbiy bilan biz hech narsa yuta olmaymiz”, — degan Ronaldu.
Ispan OAVlari joriy mavsum davomida bir necha marta Ronaldu Benitesning ishidan qoniqmayotgani, uning taktik sxemalarida o‘zini noqulay his qilayotgani haqida yozdi. Yaqinda futbolchi “Real”dan ketishi mumkinligini istisno qilmadi, uning bu gaplari Peresga yoqmadi. Bundan tashqari, fransuz OAVlari portugaliyalik futbolchi “PSJ”ga o‘tishga qarshi emasligi haqidagi ma’lumotni chop qildi.
Izoh (0)