Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevga hurmati cheksiz ekanligini ma’lum qildi. “Qadrli ukam, boks bo‘yicha jahon chempioni Ruslan Chagayevga hurmatim katta. U insofli, mehnatsevar odam”, — deb yozdi Qodirov Facebook’dagi sahifasida.
U Ruslan bilan ringda to‘rt raund jang qilgani haqida yozar ekan, bokschining mahorati Okendo bilan jangdan so‘ng sezilarli darajada oshganini ta’kidladi.
“Zarbasi og‘irroq va keskinroq bo‘libdi, himoya texnikasi ustida ancha yaxshi ishlabdi, reaksiyasi ajoyib”, — deya qayd etdi Checheniston rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruslan Chagayev va puerto-rikolik Fres Okendo o‘rtasidagi revansh jangi bekor qilingani xabar berilgan edi. Bunga puerto-rikolik bokschining yelkasidan olgan jarohati sabab bo‘lgan.
Izoh (0)