FIFA vitse-prezidenti Issa Hayatu Yozef Blatter lavozimidan chetlashtirilgan muddatda mazkur xalqaro tashkilot prezidenti vazifasini bajarib turadi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, FIFA axloq qo‘mitasining arbitraj palatasi Blatterni 90 kunga lavozimidan chetlatishga qaror qildi. Bu muddat uzaytirilishi mumkin, ammo uzog‘i bilan 45 kunga.Shveysariya prokuraturasi Blatterni UEFA prezidenti Mishel Platiniga noqonuniy ravishda 2 million frank o‘tkazib berganlikda ayblamoqda.
Izoh (0)