Janubiy Sudanda benzovoz (benzin tashuvchi sisternali avtomobil) portlashi natijasida 100 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters. Hodisa avtosisterna yo‘ldan chetga chiqib ketgach, sodir bo‘lgan.
Yo‘ldan chetga chiqib ketgan benzovozdan yoqilg‘i sizib chiqa boshlagan. Shu zahotiyoq mashina atrofiga olomon yig‘ilgan, ular yoqilg‘ini to‘plab ola boshlagan. Shu payt kimdir chekayotgan sigaretasini tashlagan va portlash sodir bo‘lgan.
50 kishi og‘ir shikastlanishlar olgan, hukumat vakillari fikricha, ularning ko‘pchiligi yashab ketmasligi mumkin, chunki mintaqada jiddiy kuyishlarni davolovchi tibbiy uskunalar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu hodisada 85 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)