Ag‘darilgan benzin sisternasining portlab ketishi oqibatida kamida 85 nafar Janubiy Sudan fuqarosi halok bo‘ldi. Yana 50 nafari jabrlandi, deb xabar beradi “Slon.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, benzin olib ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketgandan so‘ng, ko‘plab odamlar sisterna tomonga yugurib borgan.
Ular sisternadagi benzinni tortib olishga urinayotgan bir paytda u portlab ketgan.
Izoh (0)