AQSh Burkina-Faso prezident gvardiyasini mamlakatning vaqtinchalik hukumatini ozod qilishga chaqiradi. Davlat departamenti vakili Jon Kirbi shunday bayonot berdi, deya xabar qiladi “Kommersant.ru”.
“Biz prezident Kafando, bosh vazir Zidu va boshqa ushlab turilgan rasmiy shaxslarni ozod qilishga chaqiramiz, — deya ta’kidlagan Kirbi. — AQSh hokimiyatni qonunga zid usullar bilan egallash yoki ichki siyosiy ixtiloflarni kuch yordamida hal etishga qaratilgan har qanday harakatlarni qoralaydi”.
Eslatib o‘tamiz, prezident gvardiyasi 16-sentabr, chorshanba kuni Burkina-Faso vazirlar mahkamasi yig‘ilishini to‘xtatib, prezident, bosh vazir hamda vazirlarni qo‘lga olgan.
Izoh (0)