Meksika Misr hukumatidan misrlik politsiyachilar tomonidan o‘qqa tutilgan meksikalik sayyohlarning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni izchil tergov qilishni talab etdi. Bu haqda, “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto ma’lum qildi.
“Meksika mamlakat fuqarolariga qarshi qaratilgan mazkur harakatlarni qoralaydi va Misr hukumatidan yuz bergan hodisa yuzasidan izchil tergov olib borishni talab qiladi”, — deb yozdi prezident Twitter’dagi sahifasida.
México condena estos hechos en contra de nuestros ciudadanos y ha exigido al gobierno de Egipto una exhaustiva investigación de lo ocurrido.
— Enrique Peña Nieto (@EPN) September 14, 2015
Avvalroq Misr Ichki ishlar vazirligi 12 kishi, xususan, meksikalik sayyohlar va ularga hamrohlik qilayotgan misrlik gidlar kuch tuzilmalari xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgani, sayyohlik guruhining o‘n a’zosi tan jarohati olgani haqida xabar bergandi. Xavfsizlik xizmati xodimlari turistlarni terrorchi, deb o‘ylagan.
Misr IIVning aniqlik kiritishicha, hodisa Sharqiy sahrodagi Al-Vahat hududida, politsiya va armiya kuchlari terrorchilarni ta’qib etayotgan vaqtda yuz bergan. Turistlar guruhi tarkibida boshqa mamlakatlarning vakillari bor-yo‘qligi haqida hozircha axborot kelib tushgani yo‘q.
Izoh (0)