Misrda maxsus xizmat xodimlari chet ellik sayyohlar guruhini o‘qqa tutdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 12 kishi halok bo‘lgan, deb xabar beradi “RBK”.
Misr IIV o‘qqa tutish xatolik sabab yuz berganini ta’kidlagan. Maxsus xizmat jangchilari turistlarni terrorchi, deb o‘ylagan.
Hujum natijasida qurbon bo‘lgan 12 sayyohdan tashqari yana 10 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlar Meksika fuqarolaridir.
Meksika Tashqi ishlar vazirligi favqulodda holat natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumganini rasman tasdiqladi.
Izoh (0)