Ukrainaning “NTN” telekanali “Svidok” yangiliklar dasturi boshlovchisi Katerina Bulatova Uelsdagi Llanvayrpullgvingillgogerixverndrobullllantisilyogogogox qishlog‘i nomini tutilishsiz ayta olgan ob-havo ma’lumoti boshlovchisi haqida xabar berdi, deb yozadi Meduza.
Ukrainalik boshlovchi mazkur qiziqarli holat haqida xabar berarkan, o‘zi ham qishloq nomini aytib o‘tdi — faqat ukraincha talaffuz (aksent)da.
https://www.youtube.com/watch?t=44&v=ZduHUHC_vBs
Rossiyaning “Dojd” kanali boshlovchisi Pavel Lobkov esa britaniyalik hamkasbini butunlay ortda qoldirib ketishga qaror qilib, birdaniga uchta eng murakkab joy nomini o‘qidi.
Qayd etish joiz, Lobkov bir vaziyatda — Taumatoxakatangixangakooootamatpokayuxenukitanatau tepaligidagi havo haroratini aytayotganida, tutilib qoldi.
Izoh (0)