Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib, “Novosti – Kazaxstan” xabar bermoqda.
“Davlat rahbarining farmoniga muvofiq, Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi”, — deyiladi Oqo‘rdaning tvitter akkauntida e’lon qilingan axborotda.
Bungacha Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi vitse-spikeri sifatida ishlab kelayotgandi. Bosh vazir o‘rinbosari o‘rnida u 11-sentabr kuni Aktyubinsk viloyati akimi (hokimi) etib tayinlangan Berdibek Saparbayevni almashtirdi.
Izoh (0)