Twitter foydalanuvchilaridan biri “Ravon” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan Gentra avtomobilining yangi suratlarini o‘z sahifasiga joyladi.
Foydalanuvchi avtomobilni Qamchiq dovonida suratga olganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Ravon” brendi ostidagi Gentra mashinasining ilk suratlari 2015-yil iyul oyida paydo bo‘lgan edi.
Internet foydalanuvchilari GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalarni Daewoo emas, “Ravon” brendi ostida ishlab chiqarishini taxmin qilgan edi.
Izoh (0)