GM Uzbekistan AJ QK 2015-yilning yanvar—avgust oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,1 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.
Sakkiz oy davomida Rossiyaga jami 13 752 ta mashina sotilgan. Avgustda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 29,5 foizga kamayib, 1723 donagacha tushib ketdi.
2015-yilning yanvar—avgustida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,2 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 1,4 foizga teng bo‘lgan.