Kecha, 8-sentabr kuni Ko‘hna qit’aning bir qator stadionlarida Yevropa chempionatining saralash bosqich 8-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Rossiya terma jamoasi Lixtenshteyn mehmoni bo‘lib, yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Zyuba to‘rtta golga mualliflik qilib, “poker” qayd etdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
O‘tgan turda Rossiyaga imkoniyatni boy bergan Shvetsiya bu safar kutilmaganda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Avstriyaga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi. Ispaniya terma jamoasi Xuan Mataning yagona goli evaziga Makedoniya maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. Angliya terma jamoasi “Uembli” stadionida Shveysariyani 2:0 hisobida yengdi. Slovakiya – Ukraina terma jamoalari uchrashuvida hisob ochilmadi.
Yevro—2016. Saralash bosqichi. 8-tur
C guruhiBelarus – Lyuksemburg 2:0 (1:0)Gollar: 1:0 – 34 Gordeychuk, 2:0 – 62 Gordeychuk.
Makedoniya – Ispaniya 0:1 (0:1)Gol: 0:1 – 8 Mata.Ispaniya – De Xea, Karvaxal, Ramos, Pike, Bernat, Buskets, Kasorla (Koke, 69), Mata, Isko (Inyesta, 78), Silva, Diyego Kosta (Pako Alkaser, 62).
Slovakiya – Ukraina 0:0 (0:0)
E guruhiAngliya – Shveysariya 2:0 (0:0)Gollar: 1:0 – 67 Keyn, 2:0 – 84, penalti Runi.Angliya – Xart, Smolling, Klayn (Stounz, 68), Keyxill, Shou, Shelvi (Keyn, 57), Milner, Sterling, Delf (Barkli, 3), Oksleyd-Chemberlen, Runi.
Litva – San-Marino 2:1 (1:0)Gollar: 1:0 – 7 Chernix, 1:1 – 55 Vitayoli, 2:1 – 90 Spalvis.Chetlatishlar: Arlauskis (50, Litva), Kyarutssi (88, San-Marino).
Sloveniya – Estoniya 1:0 (0:0)Gol: 1:0 – 63 Berich.
G guruhiLixtenshteyn – Rossiya 0:7 (0:3)Gollar: 0:1 – 21 Zyuba, 0:2 – 40, penalti Kokorin, 0:3 – 45 Zyuba, 0:4 – 73 Zyuba, 0:5 – 77 Smolov, 0:6 – 85 Zagoyev, 0:7 – 90 Zyuba.Rossiya – Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Smolnikov, Kombarov, Shirokov (Smolov, 75), Denisov (Glushakov, 46), Zagoyev, Shatov (Mamayev, 65), Kokorin, Zyuba.Chetlatish: Kaufmann (40, Lixtenshteyn).
Moldova – Chernogoriya 0:2 (0:1)Gollar: 0:1 – 9 Savich, 0:2 – 65, avtogol Raku.
Shvetsiya – Avstriya 1:4 (0:2)Gollar: 0:1 – 9, penalti Alaba, 0:2 – 38 Xarnik, 0:3 – 76 Yanko, 0:4 – 88 Xarnik, 1:4 – 90 Ibragimovich.