5-sentabrda Markaziy Osiyo kurash federatsiyasi o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga tayanib.
Federatsiyaning ta’sis kongressi Buxoroda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston kurash federatsiyalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Mintaqaviy federatsiya yaratishdan maqsad — ushbu qadimiy jang turini Markaziy Osiyoda yanada rivojlantirishdir.
Kongressda yangi federatsiyaning rahbar organlari saylandi. Markaziy Osiyo kurash federatsiyasi prezidenti etib xalqaro toifadagi sudya Xolmurodali Muborakov, birinchi vitse-prezidenti etib Qozog‘iston federatsiyasi prezidenti Bahrom Mo‘minov, vitse-prezidentlar etib Nurkan Usmonaliyev (Qirg‘iziston federatsiyasi prezidenti), Mirza Qurbonov (Turkmaniston federatsiyasi bosh kotibi) va Murod Do‘simbetov (O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh murabbiyi) saylandi.