Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix jarohati tufayli Filippinga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Aleksandr Geynrix Yamanga qarshi o‘yindan so‘ng, Filippinga qarshi JCh-2018 saralashining ikkinchi bosqichi 4-tur uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida jarohat olgan.
Ma’lumot uchun, Geynrix Yamanga qarshi JCh-2018 saralash o‘yinida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona golga mualliflik qilgandi. Samvel Babayan qo‘l ostidagi milliy terma saralash doirasidagi navbatdagi o‘yinni 8-oktabr kuni safarda Bahraynga qarshi o‘tkazadi.