“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu taniqli futbol simulyatori muqovasidan joy oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi faoliyatida beshinchi marta EA Sports tomonidan ishlab chiqarilgan futbol o‘yini muqovasidan joy oldi. Ammo FIFA 16’ning yangi versiyasi muqovasida argentinalik futbolchi yonida Krishtianu Ronaldu ham bo‘ladi. Portugaliyalik futbolchini dizaynerlar ochiqchasiga xiralashtirib qo‘ygan.
Shuni qayd etib o‘tamizki, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2008, 2012 va 2013-yillarda boshqa bir futbol simulyatori — Pro Evolution Soccer’ning yuzi bo‘lgan. FIFA’ning muqovasidan esa biron marta ham joy olmagandi.