Dunyo buddistlari yetakchisi — Dalay-lama XIV (Jetsun Jampel Ngavang Yeshe Tenzin Gyatso) 80 yoshini nishonlamoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Dalay-lama 1935-yil 6-iyulda Tibet shimoli-sharqidagi Takser qishlog‘ida tug‘ilgan, 16 farzandning to‘qqizinchisi bo‘lgan. 1950-yili, 15 yoshida Tibetning diniy va dunyoviy rahbarligini qabul qilib olgan.
1959-yili, Xitoyga qarshi isyon bostirilgach, 80 ming nafar tibetliklar bilan vatanini tark etishga majbur bo‘lgan. Shundan beri Hindistonda, Ximachal-Pradesh shtatida istiqomat qiladi. Surgundagi Tibet hukumatini tuzgan.
Dalay-lama 1989-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, yana saksondan ziyod mukofot, unvon va ilmiy darajalarga ega. “Mening yerim va mening elim”, “Tibet buddizmi”, “Surgundagi ozodlik”, “Yangi ming yillik uchun axloq” kabi ko‘plab kitoblar muallifi.