Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kagosima prefekturasida joylashgan “Senday” atom elektr stansiyasining birinchi reaktorida yadro yoqilg‘isini yuklash bo‘yicha ishlar boshlandi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ushbu stansiya Yaponiyada “Fukusima-1”dagi avariyadan so‘ng o‘z ishini qayta tiklagan birinchi AESga aylanadi.
Shu yilning oktabr oyida “Senday” AESning ikkinchi reaktori ham qayta ishga tushishi kutilmoqda.
2011-yil martida “Fukusima-1”da avariya sodir bo‘lgach, Yaponiya hukumati mamlakatda ishlab turgan 48 ta atom reaktorlarining barchasini to‘xtatishga qaror qilgan va AESlardagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qat’iy qoidalar joriy qilgan edi.