13-iyun kuni Namangan shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat “Fyuchers” turniri yakunlandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqada Nigina Abduraimova g‘alaba qozongandi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada ham bosh mukofot o‘zbekistonlik tennischiga nasib etdi.
Turnirning yettinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilgan Temur finalda xitoylik Chuchan Vongdan 6:1, 7:5 hisobida ustun keldi. Ta’kidlash joiz, Vong yarim finalda musobaqaning birinchi raketkasi ukrainalik Denis Molchanovni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Demak, ikkala sovrin ham O‘zbekistonda qoldi.
Izoh (0)