Namangan shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat turnir o‘z yakuniga yetdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Musobaqaning yakkalik bahsida final uchrashuvi o‘tkazildi. Bosh mukofot uchun bahsda o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova g‘alaba qozondi.
Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nigina Abduraimova hal qiluvchi final bellashuvida rossiyalik Anastasiya Kamardinaga qarshi kortga chiqdi va 7:6(3), 6:2 hisobida zafar quchdi. Bu bilan Abduraimova bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Izoh (0)