AQSh prezidenti Barak Obama “Katta yettilik” mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni nafaqat saqlab qolishini, balki ularni kuchaytishga tayyor ham ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
“G7’ning barcha a’zolari Ukrainaga nisbatan zo‘ravonligi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga rozi bo‘ldi. Tan olish lozimki, Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar oqibatida sezilarli darajada kuchsizlandi. Rubl qadrsizlandi, investitsiyalar kamaydi, inflyatsiya kuchaydi, Rossiya Markaziya banki 150 milliard dollarlik zahirasidan ayrildi.
Rossiya banklari xalqaro zayomlar bozoridan uzilib qolgan, energetika kompaniyalar texnologiyalarni ololmayapti, harbiy sanoat majmuasi korxonalari ham zarur texnoogiyalardan uzib qo‘yilgan. Rossiya — chuqur resessiyada.
Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari Rossiya va rossiyaliklarga zarba bermoqda. Rossiya Minsk kelishuvlari doirasidagi majburiyatlarini buzaversa, sanksiyalar saqlanib qolaveradi. Biz Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sezilarli sanksiyalarni kiritishga tayyor turamiz”, — dedi Obama.
Izoh (0)