Latviya atrof-muhit muhofazasi va mintaqaviy rivojlanish vaziri Kaspars Gerxards 7-iyun, yakshanba kuni shaxsiy avtomobilida o‘tkinchi ayolni urib ketdi, deya xabar bermoqda “TASS” Davlat politsiyasi vakiliga tayanib. Jabrlanuvchi — 73 yoshli ayol kasalxonaga yotqizilgan.
Politsiya vakili so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi chog‘ida siyosatchi hushyor holatda bo‘lgan. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatidagilar aniqlik kiritishicha, avtomobil g‘ildiragi ayolning oyog‘ini bosib o‘tgan. Jabrlanuvchi ayol suyagi sinishda gumon qilinib, poytaxtdagi kasalxonalardan biriga yetkazildi.