Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusidan maktab o‘quvchisi zararlangani qayd etilgan ilk holat rasman ro‘yxatga olindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bungacha barcha zararlanganlarning yoshi 20 dan katta bo‘lib, bolalar va o‘smirlarga virus yuqmaydi, deb hisoblanayotgan edi. Shu tufayli epidemiya endi maktablarda va bolalar bog‘chalarida tarqala boshlashi xavfi bor. Hozirgacha mamlakatda 1,9 mingta ta’lim maskani karantinga yopilgan.
Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirlgi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha koronavirusdan zararlanganlar soni 87 nafarga yetgan. Olti kishi vafot etgan. Ularning barchasiga Seuldagi tibbiyot muassasalarida virus yuqqani taxmin qilinmoqda. Janubiy Koreyada kasallik ilk marta 21-mayda qayd etilgan bo‘lib, uni Yaqin Sharqdan qaytgan koreyalik olib kelgani aniqlangan.