Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi doirasida O‘zbekiston o‘zining so‘nggi uchrashuvini Fiji yoshlariga qarshi o‘tkazdi.
O‘yinda o‘zbekistonliklar Eldor Shomurodov, Zabihillo O‘rinboyev va Mirjamol Qosimovning gollari evaziga 3:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Parallel ravishda o‘tkazilgan bahsda nemislar Gondurasni 5:1 hisobida taslim etdi. Bu esa O‘zbekistonning guruhda ikkinchi o‘rinni egallashini ta’minladi. O‘zbekiston, Gonduras va Fiji guruhda bir xil — 3 ochkodan jamg‘ardi, ammo to‘plar nisbatiga ko‘ra Ravshan Haydarov shogirdlari 1/8 final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
U-20 JCh. F guruhi. 3-tur
FIJI – O‘ZBEKISTON – 0:3 (0:0)7 iyun, 07.00, “Toll Stadium”Gol: Shomurodov, 62 - 0:1. O‘rinboyev, 63 - 0:2. Qosimov, 90+3 - 0:3.Fiji: Nayrube, Naydu, Tuivuna, Sivoki, Xyuz, Dreloa, Chand, Prasad, Varanaivalu, Verevou, Vaka.O‘zbekiston: Hamroyev, Tursunov (G‘iyosov, 46), Abdullayev, Hamrobekov, Sohibov, Hamdamov (Qosimov, 75), Shukurov, Ashurmatov, Komilov, Shomurodov, O‘rinboyev.
Izoh (0)