Amerikalik harbiylar adashib, kuydirgining tirik sporalarini AQSh laboratoriyalariga, shuningdek Janubiy Koreyaga jo‘natib yubordi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Ushbu sporalar tajribalar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan, biroq ular tirik bo‘lmasligi kerak edi. Sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. Sporalar yuborilgan laboratoriyalardan biri Merilendda bo‘lib, u yerda xodimlar ko‘rikdan o‘tmoqda.
Reuters yozishicha, namunalar Amerikaning Osanadagi bazasiga yuborilgan. U yerdagi 22 nafar xodim shoshilinch ravishda kasalxonaga keltirilgan, biroq harbiylar ta’kidlashicha, kasallikni yuqtirib olish xavfi yo‘q.
Izoh (0)