Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi masalasidagi referendum 2018-yil boshlanguniga qadar o‘tkaziladi. Bu haqda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II parlamentidagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
“Mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun zarur dastlabki qonuniy choralar 2017-yil oxiriga qadar qabul qilinadi”, - dedi qirolicha.
“Mening hukumatim Birlashgan Qirollik va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish haqida muzokaralar olib boradi va Yevropa Ittifoqining barcha a’zolari uchun foydali bo‘lgan islohotlar o‘tkazilishi uchun harakat qiladi”, - deya qo‘shimcha qildi Yelizaveta II.
2017-yilga qadar mazkur referendumni o‘tkazish bosh vazir Devid Kemeron boshliq Buyuk Britaniya konservativ partiyasining asosiy saylovoldi va’dalaridan edi – partiya 7-may kuni bo‘lib o‘tgan umummilliy saylovlarda g‘alaba qozondi.
Izoh (0)