2016-yilda YuNESKO palovni Markaziy Osiyo xalqlarining noyob ijtimoiy—madaniy fenomeni sifatida Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritishi mumkin. Bu haqda Facebook’dagi “Vkusniy Uzbekistan” loyihasi rahbari Sergey Danilov ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, 2015-yil mart oyida O‘zbekiston “Palov madaniyati va an’analari” nomi bilan, aprel oyida Tojikiston “Oshi Palov: an’anaviy taom va uning Tojikistondagi ijtimoiy—madaniy talqini” nomi bilan YuNESKOga ariza topshirgan. Ikkala ariza ham ro‘yxatga 2016-yilda kiritilishi uchun ko‘rib chiqiladigan nomzodlar qatoriga qo‘shilgan.
O‘zbekiston nomidan YuNESKOga hujjatlarni Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi topshirgan.
Izoh (0)