Fransiya Milliy tibbiyot akademiyasida Ibn Sino nomidagi Xalqaro mukofot hay’atining ta’sis yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
“Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ibn Sino nomidagi Xalqaro mukofotni ta’sis qilishdan asosiy maqsad — Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosini o’rganish va uni jahon miqiyosida ommalashtirish, shuningdek ilmiy tajriba almashish hamda madaniyatlar va taraqqiyotlar muloqotini yo’lga qo’yishdan iborat.Qayd etishlaricha, Ibn Sino nomidagi Xalqaro mukofot mutafakkirning ilmiy merosi va insoniy qarashlarini o’rganish hamda ommalashtirishga o’z hissasini qo’shgan taniqli jamoatchilik vakillari, tibbiyot sohasidagi ekspert va mutaxassislarga beriladi.
Qoidaga ko’ra, mukofotga nomzod sifatida Yevropa mamlakatlaridan bir kishi, O’rtayer dengizi mamlakatlaridan bir kishi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ikki kishi ko’rsatilishi kerak.
Malumki, Abu Ali Ibn Sino tavalludining 1035 yilligi munosabati bilan 20-21-noyabr kunlari Buxoro shahrida “Ibn Sinoning tibbiy merosi va zamonaviy tibbiyot muammolari” mavzusida VIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi. Mazkur tadbir doirasida ilk marotaba Ibn Sino nomidagi Xalqaro mukofot taqdimot marosimi bo’lib o’tadi.
Izoh (0)