“Real Madrid” jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlanganidan so‘ng vaqtini bekor o‘tkazmayapti. Portugaliyalik futbolchi 22 yoshli yangi ma’shuqasi Kara Delevin bilan “Formula-1” poygasini tomosha qilish uchun Monakoga bordi, deb xabar qiladi “Sports.uz”.
Kara 17 yoshidan buyon model bo‘lib ishlaydi. Hozirda u kinofilmlarda ham suratga tushmoqda.
Yil boshida Ronaldu sobiq qiz o‘rtog‘i Irina Sheyk bilan ajrashgandi. Rossiyalik model “Menga tuzukroq erkak kerak, Ronaldu emas”, deb ajrashishga izoh bergandi.
Hozirda Irinaning o‘zi Gollivud aktyori Bredli Kuper bilan uchrashmoqda.
Izoh (0)