Pokistonning Karachi shahrida avtobus o‘qqa tutilishi natijasida 41 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Al-Jazeera.
Hujum Safura Got tumanida sodir bo‘ldi. Noma’lum jangarilar ismoiliylarning “Al Azhar Trast” xayriya tashkiloti avtobusiga qarata o‘t ochdi.
Xabarlarga ko‘ra, qurbonlar orasida 16 kishi ayollardir. O‘nlab kishilar yaralandi, ularning 20 nafari og‘ir ahvolda. Jarohatlanganlarning aniq soni oshkor etilmayapti, ularning barchasi kasalxonaga yetkazilgan.
Ismoiliylar shialarning bir tarmog‘idir. Ushbu mazhab vakillari asosan Pokiston shimoli va Tojikistonda yashaydi.
Izoh (0)