Sochida AQSh davlat kotibi Jon Kerrining Rossiya prezidenti Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Suhbat to‘rt soat davom etdi. Xabar berilishicha, Putin va Kerrining uchrashuvi Amerika tomoni iltimosi bilan bo‘lib o‘tgan.
AQSh davlat kotibi Putinga prezident Obamaning salomini yetkazdi. Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov aytishicha, Amerika yetakchisi Rossiya prezidentiga hech qanday yozma xabar jo‘natmagan.
Shuningdek, muzokaralarda Ukraina mavzusi, jumladan AQSh va Rossiyaning ikki tomonlama darajada yanada jips tarzda ishlashlari bo‘yicha turli variantlar muhokama qilindi.
Izoh (0)