O‘zbekiston Respublikasini 2015-yilning I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari e’lon qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Joriy yilning birinchi choragida Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joy qurish dasturiga muvofiq, 53,9 milliard so‘mlik ish bajarildi.
Bunyod etilgan turar-joy massivlarini muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy-bozor infratuzilmasi obyektlari bilan ta’minlash maqsadida joriy yil boshidan buyon 76,5 kilometr gaz ta’minoti, 3 kilometrdan ziyod elektr va qariyb 6 kilometrlik suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
Joriy yil boshidan buyon respublikada 1,9 million kvadrat metrdan ortiq (jumladan, qishloq joylarda 1,3 million kvadrat metr) uy-joy, 197,8 kilometr (169,2 kilometr) suv va 75,7 kilometr (53,9 kilometr) gaz tarmoqlari bunyod etildi.