Aprel oyi so‘nggida Nepalda sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 mingdan, jarohatlanganlar 14 mingdan oshib ketdi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Nepalning 28 millionlik aholisidan 8 millioniga ta’sir ko‘rsatgan.
Dastlabki zilzila bir hafta oldin sodir bo‘lgan edi, keyin esa 70 dan ortiq takroriy silkinish bo‘lgan. Buning natijasida Everest tog‘ida sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi 80 ga yaqin alpinistning umriga zomin bo‘lgan.
Izoh (0)