AQShning Merilend shtati Baltimor shahrida afro-amerikalik Freddi Grey o‘limida ayblanib qo‘lga olingan olti politsiyachi garov puli evaziga qo‘yib yuborildi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Tergov chog‘ida hibsdan ozod bo‘lish uchun ular 250 dan 350 ming dollargacha pul to‘ladi. Politsiyachilar kamroq og‘irlikdagi boshqa jinoyatlarga ham aloqador deb hisoblanilmoqda.
Baltimor prokurori Merilin Mosbi so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli afro-amerikalik Freddi Grey noqonuniy qurol saqlaganlikda yanglish gumon qilingan va noqonuniy ravishda hibsga olingan.
Prokuraturada ta’kidlashlaricha, Grey umurtqa pog‘onasidan olgan jarohati tufayli vafot etgan, bu jarohatni esa u politsiya avtomobilida qo‘li kishanlangan holda olib ketilayotganida olgan.
Izoh (0)