• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    “Daryo” Amerikada: Plantronics’ning Meksikadagi zavodiga tashrif

    Fevral oyining boshlari edi. Telefonim “bip” etdi. Qarasam, maktub kelibdi, Plantronics kompaniyasidan. AQShga, kompaniya ofisi va zavodini tomosha qilishga chaqirishibdi.

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Kaminai kamtarin, “Daryo” nashri rahbari Farhod Fayzullayevning Amerikaga tashrifi shu tariqa boshlandi.

    Plantronics haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, kompaniya simsiz quloqchin, garnitura (quloqchin va mikrofon) va korporativ muloqot uchun mo‘ljallangan qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyadir. Aynan Plantronics garniturasida Oyga birinchi qadam qo‘ygan inson — Nil Armstrong o‘zining mashhur so‘zlarini Yerga yo‘llagan:
    Bu inson uchun kichik qadam, insoniyat uchun ulkan sakrash

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Shu sababli Plantronics o‘z tarixi va yutuqlari bilan faxrlanadi. Kompaniya hali-hanuz AQSh kosmik agentligi — NASA bilan hamkorlik qiladi. Ammo hamkorlik aynan nimadan iborat ekanligini aytishmadi — sir ekan :-)

    Kompaniya bosh ofisi Kaliforniyadagi Kremniy vodiysida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish esa Meksika, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda amalga oshiriladi.

    Shunday qilib, 16-mart kuni kechqurun Koreyaning Asiana Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan yo‘lga tushdim. Manzil: Los-Anjeles.

    Los-Anjeles AQSh g‘arbiy sohilidagi eng katta shahar bo‘lib, Amerikani Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bilan bog‘lovchi asosiy aviatugun hisoblanadi.

    Janubiy Koreyaga xush kelibsiz! Foto: “Daryo”

    Janubiy Koreyaga xush kelibsiz! Foto: “Daryo”

    Yo‘l ancha olis: Asiana meni avval Janubiy Koreyaga eltdi. Seulning Inchxon aeroportida 6 soatlik tanaffusdan so‘ng dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti — Airbus A380’ning ikkinchi qavatida Los-Anjelesga yo‘l oldik.

    Airbus A380. Foto: “Daryo”

    Airbus A380. Foto: “Daryo”

    Ta’kidlash joiz, Seul aeroporti juda zamonaviy bo‘lib, 10 yildan buyon dunyoning eng qulay aeroporti deb tan olinib kelinar ekan.

    Seul aeroporti. Foto: “Daryo”

    Seul aeroporti. Foto: “Daryo”

    Soat ertalabki 10 da samolyot Los-Anjeles aeroportiga qo‘ndi va biz, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Belorussiyadan kelgan hamkasblar bilan Meksika chegarasida joylashgan San-Diyego shahriga yo‘l oldik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kaliforniyada havo ochiq, iliq — 15—20 daraja ekan. Taxminan 1,5 soatlarda Chrysler mikroavtobusida mehmonxonaga yetib oldik.

    AQSh shaharlararo yo‘llarida qiziq qoida bor ekan: yo‘lning chap bo‘lagi Carpool yoki High Occupancy Vehicle lane — ichida kamida ikki kishi bo‘lgan avtomobillar uchun mo‘ljallangan ekan. Ya’ni, mashinangizda o‘zingiz va ayolingiz bo‘lsa, bemalol o‘sha bo‘lakdan yurib ketaverasiz, bir kishi bor avtomobillar bu bo‘lakda harakatlanishi mumkin emas. Bunday bo‘lakdan asosiy maqsad — bitta avtomobildan ko‘p kishilar foydalanishini rag‘batlantirish.

    Foto internet qa’ridan topildi

    Foto internet qa’ridan topildi

    Ertasiga ertalab San-Diyegodagi mehmonxonamizdan Meksikaga, Plantronics mahsulotlari ishlab chiqariladigan zavodga yo‘l oldik. San-Diyegodan Meksikaning Tixuana shahrida joylashgan zavodgacha avtomobil 40 daqiqa yurar ekan. Ammo o‘rtada davlatlar chegarasini kesib o‘tish kerak.

    AQSh−Meksika chegarasiga yetib borgach, Meksika tomonida bir xonachaga kirdik. U yerda ikkita to‘ladan kelgan meksikalik ayol o‘tirardi. Biz hujjatlarimizni ularga topshirdik va ular pasportga “taq” etib muhr bosib berdi: Meksikaga marhamat!

    Meksikaga kirish uchun hujjat. Foto: “Daryo”

    Meksikaga kirish uchun hujjat. Foto: “Daryo”

    Tixuana tabiati biznikiga o‘xshab ketadi: issiq, chang ko‘p, jigarrang tog‘lar, daraxtlar ham ko‘p emas. AQShga solishtirganda farq juda katta: mashinalar juda eski, yo‘llar g‘adir-budir, aholi uylari anchagina xarob.

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Ammo Plantronics zavodi 2009-yili qayta ta’mirlangan, AQSh va jahon standartlariga moslashtirilgan zamonaviy hudud ekan. Zavod kiraverishida kompaniya mahsulotlari yasatib qo‘yilgan.

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Borishimiz bilan bizni zavod mutasaddilari kutib oldi. Qisqa tanishuvdan so‘ng ular kompaniya tarixi va zavod haqida taqdimot o‘tkazib berishdi. Taqdimotda zavodda 2300 kishi mehnat qilishi, 40 yildan buyon faoliyat olib borishi haqida so‘z bordi. Zavodda kuniga 70 000 qurilma ishlab chiqarilishini aytib o‘tishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yana bir qiziq fakt: zavod tomiga 4300 dona quyosh paneli o‘rnatilgan bo‘lib, ular 1,1 Megavatt elekt quvvati ishlab chiqarar ekan. Bu miqdor zavodni deyarli to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlashga yetadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    So‘ngra zavod bo‘ylab ekskursiya boshlandi. Biz birin-ketin zavodning barcha qismlari: ishlab chiqarish zonasi, ofislar, laboratoriyalardan tortib tayyor mahsulotlar omborxonasi va dam olish xonalarigacha aylanib chiqdik.

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Ishlab chiqarish sexida har bir qatorga monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularda xodimlar samaradorligi, reja qay darajada bajarilayotgani aks etib turadi. Har bir qurilma tayyor bo‘lganidan keyin maxsus xodimlar ularni sinovdan o‘tkazadi.

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Zavod hududida bir necha xil laboratoriyalar mavjud bo‘lib, ularda yangi mahsulotlar sinovdan o‘tkaziladi. Shunday laboratoriyalarning birida aks-sadosiz kamera ham bor ekan. Ichiga kirsangiz, shunchalik tinch-ki, birpas tursangiz, yuragingiz urishi va tomirlaringizdan qon oqishini eshitsangiz bo‘ladi. Zo‘r-a?

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Zavod xodimlari tushlikdan qaytmoqda. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Zavod xodimlari tushlikdan qaytmoqda. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Kompaniya Amerikaniki bo‘la turib, nega zavodi Meksikada joylashganini so‘raganimizda ular ishchi kuchi arzonligini aytishdi. Zavodda ishchi xodim taxminan 300 dollar oylik olar ekan. Shuni alohida qayd etish joiz-ki, zavodda xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Masalan, bor-yo‘g‘i 1 dollarga tushlik qilish mumkin; bepul trenajyor zali, futbol va basketbol maydonlari faoliyat yuritmoqda. Ya’ni, sharoit chakki emas ;-)

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Foto: Onliner.by / “Daryo”

    AQSh bilan chegaradosh Tixuana shahri va uning atrofida juda ko‘p Amerika kompaniyalari o‘z zavodlarini joylashtirgan ekan.

    Kunimizni Meksikada o‘tkazib, tushlikka qovurilgan sakkizoyoq va kaktus yeb, yana AQShga qaytdik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Plantronics’ning Santa-Kruz shahridagi bosh ofisiga tashrif buyurish va kompaniya rahbari bilan uchrashishni rejalashtirib, yana yo‘lga otlandik...

    Tashrifning keyingi qismi haqida “Daryo”da tez kunlarda :-)


    Aytgancha...

    Agar Plantronics garnituralarini sotib olmoqchi bo‘lsangiz, Toshkentdagi Mars Solutions kompaniyasiga murojaat qiling:

    Telefon: (+998-71) 200-33-55 (qo‘shimcha 201), (+998-94) 634-09-99. Faks: (+998-71) 200-33-77

    Veb-sayt: http://followmars.com

    01.04.2015, 16:47   Izoh (0)   14097
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Google yangi 1-aprel hazillarini e’lon qildi (video)

    01.04.2015, 14:37

    Toshkentda Galaxy Ace Style LTE smartfoni 720 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

    01.04.2015, 08:53

    Amerikada selfi olish uchun poyabzal o‘ylab topildi (video)

    01.04.2015, 08:27

    Apple o‘z raqiblari smartfonlari uchun qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi

    31.03.2015, 15:35

    Toshkentda Samsung Galaxy S6 3,2 mln so‘mdan sotilmoqda

    30.03.2015, 09:53

    Ispaniyada mobil internet tezligini 10 marta oshiradigan kiyim yaratildi

    28.03.2015, 09:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Netflix: sevimli seriallaringiz ro‘yxatidan joy oladigan miniseriallar (treyler)

    Kino | 20 may, 09:57

    O‘zbekistonga migrantlar jo‘natgan pullar miqdori uch oyda 800 mln dollarga oshdi

    Iqtisodiyot | 20 may, 09:55

    Lamin Yamal “Barselona”da yangi raqam ostida o‘ynaydi

    Sport | 20 may, 09:42

    Toshkentda uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushdi

    O‘zbekiston | 20 may, 09:16

    RPL. “SSKA” Moskva derbisida durang o‘ynadi. Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi (video)

    Sport | 20 may, 09:09

    Uchta davlat Isroilga sanksiya qo‘llash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 may, 08:57

    Tomoshabinlar fikriga ko‘ra turk seriallaridagi eng omadsiz juftliklar (foto)

    Layfstayl | 20 may, 08:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.