Amerikaning Miz Mooz brendi selfi suratga olish uchun mo‘ljallangan ayollar poyabzalini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar beriladi.
Selfie Shoes (“Selfi poyabzal”) firmaning onlayn-do‘konida 2-apreldan boshlab 199 dollar narxida sotiladi.
Oyoq kiyim shakli uning old qismiga uyali telefonni joylashtirish imkonini beradi. Shundan so‘ng poyabzal egasi oyog‘ini ko‘tarishi va tufli ichidagi kamerani ishga tushiruvchi maxsus tugmani barmog‘i bilan bosishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)