Freedom Conservation nodavlat tashkiloti Dubayning dunyodagi eng baland Burj Xalifa osmono‘par binosidan burgut uchirdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Darshan ismli qironqora yoxud imperator burguti orqasiga mahkamlangan kamera bilan 829 metrli imoratdan uchib tushdi va bino yaqinida turgan trenerning qo‘liga kelib qo‘ndi.
Freedom Conservation ta’kidlashicha, bu dunyoda qushning kameraga olingan eng baland parvozidir. Aksiya maqsadi qirilib ketish xavfi ostida turgan yirtqich qushlarga e’tibor qaratishdan iborat bo‘ldi.
Izoh (0)