Qozonning “Admiral” savdo markazidagi yong‘in qurbonlari orasida sakkiz nafar xorij fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya FVV Tatariston bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 17 nafar qurbonlarning jasadlari topilgan, xarobalar ostida yana 19 nafar bedarak yo‘qolganlarning tanalari bo‘lishi mumkin. 50 dan ziyod kishi kuyish va tan jarohati olgan.
Muassasa xabarida aytilishicha, 14 murdaning shaxsi aniqlangan, shulardan 8 nafari chet el fuqarolari (2 nafar Tojikiston fuqarolari, 1 nafar Ozarbayjon, 4 nafar O‘zbekiston, 1 nafar Turkiya fuqarolari)dir.
Izoh (0)