O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva o‘tgan hafta birdaniga ikkita qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
“Taramg‘i” nomli xorazmcha qo‘shig‘idan umidi katta bo‘lgan xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunlarda uning ovoz pardalari bilan jiddiy muammolar kelib chiqqan. Sog‘lig‘idan qattiq tashvishlanayotgan xonanda davolanishga jiddiy kirishgan.
Betobligi sabab Turdiyevaning bu yil taqdim etmoqchi bo‘lgan konsert dasturi ham hozircha qoldirilgan.
Izoh (0)