Noma’lum kishilar keniyalik aktrisa Lyupita Niongoning o‘tgan yakshanba kuni “Oskar” marosimiga kiyib borgan marvarid qadalgan ko‘ylagini o‘g‘irlab ketdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Politsiya vakilining Agence France-Presse agentligiga ma’lum qilishicha, noyob libos Los-Anjelesdagi mehmonxona nomeridan o‘marilgan.
Niongoning ko‘ylagi Calvin Klein modalar uyi tomonidan alohida buyurtma bo‘yicha tikilib, olti mingta oq marvarid bilan bezatilgan edi. Uning qiymati taxminan 150 ming dollarga teng.