AQSh prezidenti Barak Obama amerikaliklarga Shimoliy Koreya rejimi qulashini va’da berdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” prezidentning YouTube’dagi intervyusiga tayanib.
“Vaqt o‘tishi bilan siz ushbu rejim ag‘darilishini ko‘rasiz”, — dedi Obama va bunga urushsiz yo‘l bilan erishilishini qo‘shimcha qildi.
Uning eslatishicha, KXDR yadroviy va harbiy salohiyatini faol oshirib borayotgan “eng izolyatsiyalangan, sanksiyalarga eng ko‘p uchragan va dunyodan ajralib qolgan mamlakat”dir.
Obama 22-yanvar, payshanba kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet-efirda YouTube’dagi ba’zi kanallar mualliflari savollariga javob berdi.
Izoh (0)