Madonna Afrikaning Malavi davlatiga ushbu mamlakat prezidenti bilan uchrashish uchun qilgan tashrifi chog‘ida yana bir malavilik qizni o‘z oilasiga qo‘shib olishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
56 yoshli Madonna hozirgacha asrab olgan bir o‘g‘il va bir qiz ham malavilik hisoblanadi. Ushbu davlatga yaqinda qilgan tashrifi davomida qo‘shiqchi kichik bir qizaloqning suratini ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ygan bo‘lib, OAV Madonna uni asrab olishini taxmin qilmoqda.
Qayd etilishicha, Madonnaning ikki nafar o‘z farzandi ham bor. Uning 18 yoshli Lurdes ismli qizining otasi o‘zining sobiq murabbiyi Karlos Leon bo‘lsa, 14 yoshli Rokko ismli o‘g‘lining otasi sobiq turmush o‘rtog‘i − rejissyor Gay Richi hisoblanadi.
Izoh (0)